<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><aka>Kuylar yuragim</aka>
<title>Rabbim chertganida yuragim torin</title>
<lyrics>[V1]
 Masih chertganida yuragim torin,
 Zavq-u quvonchlarda kuylar yuragim.
 Rabbim chertganida yuragim torin,
 Zavq-u quvonchlarda kuylar yuragim.
 // Bizga baxt bergan bu Zot haqida,
 Dunyoga keladi yana bir qoʻshiq. //

[V2]
 // Bulbulning navosi yangragan chogʻda,
 Bahorda bogʻlar kuylar Sen haqda. //
 // Sen meni qutqarding cheksiz oʻlimdan,
 Bundanda ulugʻroq ne bor dunyoda. //

[V3]
 Sen menga yuborgan aziz kalomda ,
 Yurakdan his qilib sevaman Seni.
 // Dunyoviy fikrlar tark etdi meni,
 Sevging qabul qilib mangu yashayman. //

[V4]
 // Nigohim yetgan har bir narsada,
 Ulugʻvor cheksiz sevgingni koʻrdim. //
 // Qullikdan ozod qilgan U Zotni,
 Eng nozik sevgi-la sevaman endi. //

[V5]
 Rabbim chertganida yuragim torin,
 Zavq-u quvonchlarda kuylar yuragim.
 Bizga quvonch bergan U Zot haqida,
 Asrlar osha kuylasin halqim.
 Bizga baxt bergan U Zot haqida,
 // Asrlar osha kuylasin halqim. //</lyrics>
</song>